ARDUINONING O`RNATISH (WINDOWSDA)
Arduino bu siz windowsda operatsion tizimida arduino qurilmasiga kod yozishda ishlatishingiz mumkin bo`lgan dasturiy muhitdir. Shu bilan birga Arduinoning Lynix va Mac versialari ham bor. Ammo har bir platforma uchun o`rnatilish usuli turli hil. Ularning har birida o`zingiz qo`l bilan o`rnatish kerak bo`lgan qismlari mavjud. Arduinoni o`rnatiladigan va o`rnatilmaydigan ya`ni arxiv ochiladigan muhitdagi dasturiy ta`minot shaklaridan iborat. Arxiv shakldagi arduinolarda bir nechta alohida bajariladigan bosqichlar mavjud.
Biz birinchi qadamni Arduino.cc web-saytidan windows uchun Arduino dasturini ko`chirib olishdan boshlaymiz.
Dastur ko`chirib olingandan so`ng uni kerakli katalogga ochamiz yoki ishchi oynaga ochib keyin kerakli katalogga ko`chiramiz.
Arduino papkasida Arduino programmasining o`zi va uning drayverlari ham bor. Bu drayverlar Arduino platasini kompyuterga USB kabel orqali bog`lash uchun kerakdir. Arduino softwareni ishga tushirishdan oldin USB drayverlarni o`rnatib olamiz.
Usbni bir tomonini arduinoga ikkinchi tomonini esa kompyuterga ulaymiz. Ardiunoni yoritgich (svetadiod)lari yonadi va sizning komputeringiz oynasida “Found New Hardware” xabari paydo bo`ladi. Siz bu xabarni bekor qilib, undan keyingi boshqa barcha urinishlarni ham bekor qilib, drayverlarni avtomatik o`rnatishni tanlaymiz.
Eng ishonchli USB drayverni o`rnatish bu Devce Manager ishlatishdir. Buning uchun esa siz Windows7 operatsion tizimida birinchi Control panel (Panel upravlenie) ochishimiz va u erdan Device Manager topishingiz shart.
Siz “Other Devices” qismida “unknown device” deb berilgan «icon» (rasm)li sariq rangli kichik ogohlantiruvchi habar berilganini ko`rishingiz mumkin. Bu sizning arduinongizdir.
Siz qurilma ustiga sichqonchaning o`ng qismini bosib, berilgan konteksdan “Update Driver Software” buyurug`ini tanlashingiz kerak. Unda keyin siz “Search Automatically for updated driver software” yoki “Browse my comuter for drever software” buyurug`idan birini tanlashingiz kerak. Kerakli joydan siz Arduino-1.0.2- windows\arduino\1.0.2\druvers ni tanlab yo`naltiring.
«Keyingi» tugmasini bosamiz. Shunda sizga sistema haqida hatarli malumot habarini chiqaradi. Siz o`rnatishni tasdiqlab, drayverni o`rnatasiz. Undan so`ng yopish tugamasini bosasiz windows uchun arduinoni ishlatish tayyor bo`ldi.