Wiring –bu dasturlash tili bo`lib, integrallashgan rivojlangan muhitga hamda alohida mikrokonrellerlarga ega ochiq-manbali bo`lgan elektron prototip platformadir.U 2003 yilda Gernando Barragan tomonidan yaratilgan.
Bu dasturlash muhitining hujjatlashtirishi ochiq kodli tizim bo`lgani uchun dizaynerlar qiziqishi orqali yaratilgan. Bu muhit qurilmalarni boshqarish, ularni plataga ulash har hil turdagi interaktiv obyektlarni yasashda qulay hisoblanadi. Dasturiy ta`minotda sodda va yuklanishda qulay hisoblanadi. Bunda bir nechta kodni yozishni o`zi yetarli bo`ladi va bu bir nechta elektron qurilmalarni ishlatish, ularga qandaydir buyuruqlarni yuklash mumkin. Misol sifatida inson xonaga kirishi bilan xona yorug`ligi o`zgarishi, inson uzoqlashishi bilan xona yorug`ligi oshishini yoki shunga o`xshashlarni keltirish mumkin.
Bu jarayonlar qurilmalar uchun nusxalar ham deb ataladi. Har hil g`oyalarni o`ylab topib tezda amalga oshirish, ulardan qiziqrog`ini realizatsiya qilish juda oson xisoblanadi.
Wiring IDE –kross-platformarli dasturiy ta`minot bo`lib, Java tilida yozilgan. Processing tilida ham qilingan dasturiy ta`minotlar ham mavjud. U elektronikaga dasturiy ta`minot yozish uchun mo`ljallangan. Bu tilda dasturlashning qonun qoidalari mavjud.